• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Yurakni madh etgan sado!

Sana: 12.12.2024

2024-yil 12-dekabr kuni “O‘zbekkosmos” agentligi va uning muassisligidagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJ xodimlari ishtirokida “Yurakni madh etgan sado!” shiori ostida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida davlat madhiyasi to‘g‘risida tarixiy faktlar, uning matni va musiqasini yaratilishi hamda qabul qilinish tarixi yuzasidan so‘z yuritildi. Shuningdek, davlat madhiyasining matnida keltirligan so‘zlar va ularning ma’nosi, mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.