Sana: 14.12.2024
Unda O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g’risida”gi qonuni mazmun mohiyati va monopoliyaga qarshi komplayens tizimi haqida to’liq ma’lumot berildi.Xususan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida” gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar, davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishning afzalliklari, ushbu tizimda joriy etilgan tartib va qoidalar, qonunchilikda “Raqobat to‘g‘risida” gi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikning kuchaytirilayotganligi, monopoliyaga qarshi organga berilayotgan qo‘shimcha vakolatlar, korxonalar tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash, birja, tender va tanlov savdolarida raqobatni cheklashga qarshi talablar haqida so’z bordi.
Qonunda raqobat sohasidagi davlat siyosatining, ya’ni, raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va to‘xtatish, respublika hududida iqtisodiy faoliyat erkinligi va tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash, tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.
Bundan tashqari, qonun bilan monopoliyaga qarshi komplayens, raqamli platforma kabi tushunchalar kiritildi. Shuningdek, qonunda ustun muzokara kuchi instituti kiritilib, ushbu normaga ko‘ra, bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi sababli boshqa sub’ektlar bilan shartnoma tuzishda, ularda ustun muzokara kuchi mavjud, deb baholanishi belgilandi.