Sana: 19.12.2024
2024-yil davomida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyatiga oid amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
HISOBOT
T/r | Belgilangan vazifalar | Amalga oshirilgan ishlar |
1 | Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish va mazkur sohadagi qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida 2024-yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi. | “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan hamda “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJ direktorining 2024-yil 14-avgustdagi 54-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. |
2 | Tashkilot faoliyatiga oid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ichki monopoliyaga qarshi komplaens bo‘linmasi (mas’ul xodimi) bilan majburiy tartibda kelishish tartibi joriy etilganligi. | “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda normativ-huquqiy hujjatlar yoki ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida monopoliyaga qarshi komplaens bo‘yicha mas’ul xodim bilan kelishish tartibi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJ direktorining 2024-yil 14-avgustdagi 54-sonli buyrug‘ining uchinchi bandi hamda “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risida Nizomning oltinchi bandi va “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning to‘rtinchi bandiga asosan joriy etilgan. |
3 | Raqobat cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa vositalari tashkil etilganligi. | “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda raqobat cheklanishiga, shuningdek, raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar haqida xabar berish uchun +99 897 752-23-87 va +99 855 511-06-66 ishonch telefon raqamlari belgilangan. |
4 | Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari oldi olinganligi. | Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi oldini olish maqsadida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJ direktorining 2024-yil 14-avgustdagi 54-sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan hamda ushbu buyruq bilan “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risida Nizom va “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan, shuningdek, ushbu hujjatlarda izoxlab berilgan tartib-qoidalar hamda belgilangan chora-tadbirlarga kundalik faoliyatda qatiy amal qilish tadbiq etilgan. |
5 | Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari aniqlanganligi va ularni tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rilganligi. | Hisobot davri mobaynida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari sodir bo‘lmagan va aniqlanmagan. |
6 | Tashkilot faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mumkin bo‘lgan sohalarni xavflar tasnifi asosida darajalarga bo‘linganligi. | “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJ faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish darajasi bo‘yicha xavflar tasnifiga doir jadval mavjud bo‘lib, unga ko‘ra raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish ehtimoli va darajasi past etib tavsiflanmoqda. |
7 | Tashkilot faoliyatiga oid ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarning loyihalari o‘rganilganligi, bunda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan normalar (holatlar) aniqlangan taqdirda, uni mazkur qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilganligi. | “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda o‘tgan davr mobaynida normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilgan jarayonda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan normalar (holatlar) aniqlanmagan. |
8 | Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari o‘zgarishlaridan kelib chiqib, amaldagi ichki idoraviy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar va ularning amaliyotga tatbiq etilganligi. | Amaldagi raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari kuchga kirganidan buyon “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda direktorining 2024-yil 14-avgustdagi 54-sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan hamda ushbu buyruq bilan “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risida Nizom va “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. |
9 | Tashkilot xodimlarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirilganligi. | Joriy yilning 14-dekabr kuni “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJ xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida” gi Qonuni va monopoliyaga qarshi komplayens tizimi haqida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi rasmiy saytida (https://uzspace.uz/oz/news/view/561) joylashtirildi. |
10 | Tashkilot xodimlarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablaridan qay darajada xabardorligini aniqlash maqsadida muntazam ravishda test sinovlari o‘tkazilganligi. | Markaz xodimlarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bilim darajasini aniqlash maqsadida joriy yilning 17-dekabr kuni test sinovlari o‘tkazildi (natijalar va tasvirlar ilovada). |
11 | Tashkilot rahbari, ularning o‘rinbosarlari va mas’ul xodimlar tomonidan monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar. | Joriy yilning 17-dekabr kuni Markaz direktorining “O‘zbekkosmos” agentligi korrupsiyaga qarshi!” mavzusida maqolasi chiqdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi rasmiy saytida (https://uzspace.uz/oz/news/view/562) joylashtirildi. |