Sana: 25.12.2024
Cheksiz fazo va u bilan bogʼliq voqealarga qiziquvchilar uchun Toshkent shahridagi Аloqa tarixi muzeyida “Oʼzbekkosmos” agentligi tashabbusi bilan maxsus koʼrgazma tashkil etildi.
Unda siz kosmosga qoʼyilgan ilk qadamlar, bu borada olib borilgan ilmiy ishlar, mazkur sohaning rivoji, xususan, Oʼzbekistonning kosmik tadqiqotlar va texnologiyalari borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin boʼladi.
Shuningdek, ekspozitsiyadan 1976 yilda oy sayyorasi sathini oʼrganish uchun uchirilgan va oy tuprogʼining namunasini olib tushgan “Luna ─ 24” avtomatik kosmik stantsiyasining 3 barobar kichraytirilgan maketi ham joy olgan.
Barcha yurtdoshlarimizni Toshkent shahar Navoiy 28a manzilida joylashgan Аloqa tarixi muzeyiga taklif etib qolamiz.
“Oʼzbekkosmos” agentligi Аxborot xizmati