Sana: 28.01.2025
Prezidentning “2024-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni hamda PQ-187-sonli Qaroriga muvofiq 2025-yilning 1-fevral kunidan boshlab yer qaʼridan foydalanuvchilarning hisobotlari (5GR hisobotlari, dvg va tiff formatida topoxarita, koordinata va balandliklar katalogi va boshqalar) yangi “Geomonitoring” axborot tizimiga raqamli formatda yuklanishi belgilandi.
Bu bilan litsenziyalangan karyerlarning qazib olish ishlari bo‘yicha hisobotlarini sezilarli darajada soddalashtirish, ularning qulayligini taʼminlash ва inson omilisiz hisobotlarni tekshirish imkonini beradi. Shuningdek, aniq maʼlumotlar bazasini yuritish, aerokosmik texnologiyalardan foydalangan holda qazib olishning haqiqiy hajmlarini aniqlash ва ularni bajarilgan kon-geodeziya ishlari bilan taqqoslash hamda byurokratik ва korrupsion unsurlarni kamaytirishga ko‘maklashadi.
Shuni taʼkidlash lozimki, “Geomonitoring” axborot tizimi yer qa’ridan noqonuniy foydalanayotgan subyektlarga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rishda ham katta yordam beradi. U litsenziyalangan hududlar chegaralarining buzilishi, foydali qazilmalar mavjud uchastkalardan maqsadsiz foydalanish, tuproq eroziyasi, suv resurslarining ifloslanishi, landshaftlarning buzilishi, havo sifatining yomonlashuvi, shuningdek, tabiiy boyliklardan noto‘g’ri ва samarasiz foydalanish kabi salbiy oqibatlarga qarshi kurashishda qo‘l keladi. Bundan tashqari, mazkur tizim vakolatli organlar ва huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarni bunday qonunbuzarliklar haqida xabardor etib turadi.
Yangi tizim bo‘yicha ishlashga o‘tish uchun barcha yer qa’ridan foydalanuvchilar qazib olish bo‘yicha har choraklik ва yillik hisobotlarni tayyorlashda marksheyderlik ishlarini bajarish uchun belgilangan tartibda dastlabki maʼlumotlarni olish maqsadida qazib olish obyekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi Tog‘-kon sanoati ва geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati ва geologiya sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning bo‘linmalariga murojaat qilishlari kerak. Ushbu qarorlarda nazarda tutilmagan formatlarda, shuningdek koordinatalar ва balandliklar tizimlarida hamda “Geomonitoring” tizimi uchun qabul qilinganidan boshqa boshlang‘ich nuqtalarda bajarilgan marksheyderlik tasvir materiallari bilan tasdiqlangan hisobotlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
“O‘zbekkosmos” agentligi Axborot xizmati