• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Xitoyda magistratura va doktoranturada o‘qish uchun grant!

Sana: 06.02.2025

Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Osiyo va Tinch okeani-Xitoy mintaqaviy kosmik fan va texnologiya ta’limi markazi magistratura va doktorantura dasturlariga 20 ta to‘liq stipendiyali grant uchun qabul boshlanganini e’lon qiladi.

O‘qish Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadi hamda masofadan zondlash va geografik axborot tizimi, global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimlari, mikro sun’iy yo‘ldoshlar, kosmik loyihalarni boshqarish, kosmik qonun va siyosat kabi ta’lim yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Ushbu grant dasturida o‘zbekistonlik yoshlar ham ishtirok etishlari mumkin. Xususan, magistratura bosqichi uchun 35 yoshdan va doktorlik darajasi uchun 40 yoshdan kichik bo‘lgan abituriyentlar hujjat topshirishlari mumkin.

Qabul joriy yilning 15-mart sanasiga qadar davom etadi.

Ariza yuborish bo‘yicha batafsil ma’lumot - https://rcssteap.buaa.edu.cn/info/1042/2944.htm