Sana: 20.03.2025
Mamlakatimizga ko‘pmillatli xalqimiz uchun eng qadrli bo‘lgan ayyomlardan biri sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami kirib keldi. Dunyoda turli bayramlar, qutlug‘ sanalar ko‘p. Lekin inson qadri va sha’nini ulug‘lashda Navro‘z ayyomi alohida o‘rin tutadi. Navro‘zi olam bizni tabiat farzandi bo‘lib, Vatan tuprog‘ini, ona zamindagi har bir giyohni ko‘zimizga to‘tiyo qilib yashashga o‘rgatadi. Navro‘z hammamizga insoniylik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fanidan saboq beradi. Shu fayzli lahzalarda barchamiz tinchlik va osoyishtalik naqadar bebaho ne’mat ekanini, uning qadr-qimmati va ahamiyatini yaxshi anglaymiz.
Navro‘z bayrami mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga, eng sevimli va ardoqli ayyomga aylanib ulgurgan.
Fursatdan foydalanib, mana shu qutlug‘ kunda butun xalqimizni Navro‘z bayrami bilan, “O‘zbekkosmos” agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Navro‘zi olam har bir inson, har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu baraka olib kelsin!
Jonajon Vatanimiz yanada go‘zal va obod bo‘lsin!
Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!