Kadirov Shuxrat Munavvarovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining Bosh direktor vazifasini bajaruvchisi
  • info@uzspace.uz
  • info@uzspace.uz
  • Fuqarolarni qabul qilish : Seshanba 10:00 dan 12:00 gacha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchisining funksional vazifalari

«O‘zbekkosmos» agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, «O‘zbekkosmos» agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish;

«O‘zbekkosmos» agentligining faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

«O‘zbekkosmos» agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik yuzasidan «O‘zbekkosmos» agentligi mansabdor shaxslarining vakolatlarini va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;

«O‘zbekkosmos» agentligi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, «O‘zbekkosmos» agentligi va mansabdor shaxslarning har chorakdagi ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;

«O‘zbekkosmos» agentligining qonun loyihalari bo‘yicha faoliyatini tashkil etish;

«O‘zbekkosmos» agentligiga taqdim etilgan takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini taʼminlash, ular moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa xil ekspertizadan puxta o‘tkazilishini, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamentida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (vizalanishini) taʼminlash;

«O‘zbekkosmos» agentligi xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

«O‘zbekkosmos» agentligiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, «O‘zbekkosmos» agentligi kadrlar zaxirasini shakllantirish;

«O‘zbekkosmos» agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;

«O‘zbekkosmos» agentligi faoliyatiga ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;

«O‘zbekkosmos» agentligi xodimlari tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan buyruqlarni qabul qilish, ko‘rsatmalar berish;

«O‘zbekkosmos» agentligi xodimlarini ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlash to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish, «O‘zbekkosmos» agentligining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish va ularni davlat mukofotlari bilan mukofotlashga tavsiya etish;

«O‘zbekkosmos» agentligi xodimlarini qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida bundan keyin qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kadirov Shuxrat Munavvarovich

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining Bosh direktor vazifasini bajaruvchisi

1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 1998 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini “Aloqa iqtisodchi muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1998 yildan “O‘zbektelekom” konserni Toshkent xalqaro elektr aloqasi markazida marketing bo‘yicha menejer lavozimidan boshlagan.

1999-2000 yillarda “O‘zbektelekom” konserni Toshkent xalqaro elektr aloqasi markazi Informatika va menejment bo‘limi boshlig‘i muovini,

2000-2001 yillarda “Exus Uzbekistan” sho‘ba korxonasi bosh direktori,

2001-2006 yillarda “UzPak” maʼlumotlarni uzatish davlat korxonasi “Aloqa Intel” sho‘ba korxonasi direktori,

2006-2007 yillarda “TEXNOPROSISTEM” MCHJ direktori,

2007-2010 yillarda “Maks Layn” MCHJ direktori,

2010-2015 yillarda “UZDIGITAL TV” MCHJ bosh direktori

2015-2017 yillarda “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali direktori

2017-2018 yillarda “O‘zbektelekom” AK bosh direktori

2019-2020 yillarda “Central Motors” MCHJ direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Oilali. 4 nafar farzandi bor.