"O'zbekkosmos" agentligi va "Azerkosmos" OAJ rahbarlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Sana: 25.05.2021

Joriy yilning 25-may kuni videokonferentsiya shaklida bugungi kunda Kavkaz mintaqasidagi eng yirik sun'iy yo'ldosh operatori bo'lgan "Azerkosmos" OAJ bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida "O'zbekkosmos" agentligining bosh direktori v.b. Shuхrat Каdirov "Azerkosmos" OAJ raisi v.b. Samaddin Asadov bilan kosmik faoliyat sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Kosmik sohani rivojlantirishdagi mavjud qiyinchiliklarga alohida e'tibor qaratildi. Tomonlar kosmik fazoni tinch maqsadlarda o‘rganish va ulardan foydalanish sohasida hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolash to'g'risida kelishuvga erishdilar, va Memorandum doirasida qo'shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning muhokama qilingan yo'nalishlari doirasidagi keyingi amaliy harakatlarni belgilab oldilar, shuningdek, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va tajriba almashish uchun vebinar va treninglar tashkil etishga kelishdilar.