Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi mutaxassislari Belarus tajribasini o‘rganib qaytishdi

Sana: 04.10.2021

 

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi vakillari Belarus Respublikasining Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va javob berish markazida favqulodda vaziyatlarda kosmik texnologiyalardan amaliy foydalanish bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rganib qaytishdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari mazkur tashrif davomida bir qator amaliy ahamiyatga ega boʻlgan seminarlarda ham qatnashishdi.

Agentlik mutaxassislari xizmat safari davomida oʻzaro tajriba almashish bilan birgalikda agentlikning faoliyati va amalga oshirilayotgan jarayonlar borasida xorijiy hamkasblari bilan muloqot qilishdi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar o’zaro hamkorlikni davom ettirish hamda ikki tomonlama tajriba almashishga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati