Merkuriy sayyorasi shimoliy yarim sharining birinchi tasviri eʼlon qilindi

Sana: 06.10.2021

Yevropa kosmik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, BepiColombo deb nomlanuvchi kosmik zond Merkuriy sayyorasining birinchi rasmini tasvirga oldi.

Yevropa–Yaponiya  qo‘shma missiyasi kosmik zondi BepiColombo 2021- yil 1- oktabr kuni sayyora yonidan uchib o‘tgan.

Mazkur rasmda Quyoshga eng yaqin sayyoraning shimoliy yarim shari tasvirlangan.

 

Matbuot xizmati