O‘zbekkosmos vakillari “Geoinformatika qo‘shma ilmiy tadqiqot markazi”ning ochilish marosimida qatnashdi

Sana: 12.10.2021

Joriy yilning 12- oktabr kuni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Geoinformatika qo‘shma ilmiy tadqiqot markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Vengriyaning Obuda universiteti delegatsiyasi, Vengriyaning O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Erasmus+ “DSinGIS” va “NICoPA” loyihalarining O’zbekistondagi hamkor OTM vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqodchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Mazkur ochilish marosimida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi vakillari ham ishtirok etishdi.

Yer va suv resurslarini boshqarish, geoaxborot tizimlari bilan bog’liq loyihalar, qishloq va suv xo’jaligi obyektlarini tahlil va monitoring qilish borasida tadqiqotlar olib borish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.

Tadbir davomida O’zbekkosmos vakillari ham o’zlaringning fikr va mulohazalari bilan o’rtoqlashib, jumladan, qishloq va suv xo’jaligi obyektlarini tahlil va monitoring qilishda kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish borasida to’xtalib o’tishdi.

Tadbir yakunida xorijiy ekpertlar bilan kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi loyihalar borasida kelishib olindi.

Matbuot xizmati