Sana: 31.01.2022
“Roskosmos” Oʻzbekistonda orbitadagi xavfli vaziyatlardan ogohlantiruvchi tizimning kuzatuv stansiyalarini oʻrnatishni koʻrib chiqmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, davlat xaridlari portalida bu boʻyicha maʼlumot berilgan. Portalda “Yerga yaqin fazoni monitoring qilish uchun ixtisoslashtirilgan optoelektron vositalar majmuasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish” davlat shartnomasi eʼlon qilingan. Shartnoma matnida pudratchi kengaytirilgan monitoring tarkibi uchun turli variantlarni modellashtirishi kerakligi, bularning barchasi koinotdagi xavfli vaziyatlardan ogohlantirish uchun zarurligi aytilgan.
Stansiyalarni 20 dan ortiq punktlarga joylashtirish koʻrib chiqilgan. Ular orasida turli shahar va mamlakatlar bor. Masalan, Oʻzbekiston, Tojikiston, Kuba, Armaniston, Antarktida, Indoneziya, Madagaskar, Meksika, Efiopiya, Vyetnam, Braziliya, Argentina, Chili va boshqalar.