“O‘zbekkosmos” agentligi hamda Fransiyaning Euroconsult kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 20.06.2022

Euroconsult kompaniyasining boshqaruv direktori Pakom Revillon bilan tashkil etilgan uchrashuvda kompaniyaning bir qator davlatlarda kosmik sohani rivojlantirish strategiya va konsepsiyalarini ishlab chiqishda ko‘maklashgani, kosmik soha bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishdagi tajribasi, xodimlarning malakasini oshirish yo‘nalishida trening dasturlari, kosmik ekotizimni rivojlantirishdagi va kosmik ma’lumotlardan foydalanish ekspertizasi, mazkur yo‘nalishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi loyihalari kabi yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Shu bilan birga, kompaniya tomonidan infratuzilmaviy loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta tajribaga egaligi, Osiyo mintaqasida Janubiy Koreya, Indoneziya, Qatar kabi davlatlarda loyiha amalga oshirilgani bo‘yicha ma’lumotlar olindi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda kosmik sohani rivojlantirish bo‘yicha konsultativ uchrashuv va muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi hamda kompaniya tomonidan har yili sentyabr oyida Fransiyaning Parij shahrida tashkillashtiriladigan “World Satellite Business Week” haftaligiga taklif etildi.