Sana: 20.06.2022
“ENGAGE-2022” xalqaro konferensiya doirasida COTESA kompaniyasi bilan tashkil etilgan uchrashuvda “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari kompaniyaning kosmik, aero va dron suratlari, lidar hamda internet buyumlari texnologiyalarini qo‘llash orqali inshoot va binolarni avtomatik aniqlash, avtomobil yo‘llarini monitoring qilish, daraxtlarning vegetasiyasi, klassifikasiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va monitoring qilish, quyosh panellarini avtomatik ravishda aniqlash, noqonuniy chiqindi uyumlarini aniqlash, uylarning tom qismida asbestdan foydalanish holatlarini aniqlash kabi yechimlari bilan tanishib o‘tdi.
Kompaniya tomonidan Yevropa davlatlari bo‘ylab 1000ga yaqin loyihalar amalga oshirilganligi hamda ilmiy-izlanishlari natijasi sifatida kosmik suratlarning sifatini oshirish algoritmlari ishlab chiqilganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha hamkorlikda O‘zbekiston hududida ma’lum kichik bir zonada sinov loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.