Osmono‘par bino kattaligidagi asteroid yer orbitasidan uchib o‘tadi

Sana: 31.10.2022

NASA xabarlariga ko‘ra, “potensiyaal xavfli” deya yaqinda aniqlangan asteroid sayyoramizga eng yaqin masofada uchib o‘tishi kutilmoqda. Uning diametri 330 metrdan 740 metrgacha bo‘lishi taxmin qilinmoqda, balandligi esa, 828 metrlik Dubaydagi “Burdj-Xalifa” binosidan ozgina kichikroq.

NASAning maʼlumot berishicha, 2022 RM4 nomli asteroid 84 500 km/soat tezlik bilan uchib o‘tadi va bu tovush tezligidan 68 barobar ko‘pdir. 1 noyabr kuni asteroid Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, yaʼni Yer va uning orasidagi masofa 2,3 million kilometrni tashkil etadi. Bu masofa Yer va Oy o‘rtasidagi o‘rtacha masofadan yaqinroq degani.