“O‘zbekkosmos” agentligi va BMT kosmik ishlar boshqarmasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Sana: 09.06.2023

BMT kosmik ishlar boshqarmasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda BMT Kosmik fazodan tinchlik maqsadlarida foydalanish qo‘mitasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi hamda qo‘mita doirasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda kosmik texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq “UN SPIDER” dasturi, yangi kosmik agentliklar uchun kosmik faoliyat to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqish uchun konsultativ ko‘mak ko‘rsatish, salohiyatni oshirish dasturlari, ilmiy ishlar olib borish imkoniyatlari, “Kibo Cube” loyihasi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “UN SPIDER” dasturi doirasida mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash markazini O‘zbekistonda tashkil etish imkoniyatini o‘rganib chiqish, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun seminar tashkil etish hamda boshqarma tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etish taklif etildi va boshqarma bilan hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.