“AIRBUS” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 21.09.2023

21-sentabr kuni “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari va Fransiyaning “AIRBUS” kompaniyasi mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda vakillar “Raqamli Samarqand” pilot loyihasi natijalarini muhokama qildilar. Eslatib o‘tamiz joriy yilning 20-sentabrda mazkur pilot loyihasi yakunlariga bagʻishlangan “Geoferma Final conference and meeting” konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari va hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.