• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Qishloq xoʻjaligi sohasida zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy taʼminotlardan foydalanish mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Sana: 07.10.2021

Joriy yilning 7- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida qishloq xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyixalar holati muhokama etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi Umarov Olimjon Muxamadjanovich, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligi masʼul rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Kadirov Shuxrat Munavvarovich ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida, xususan, qishloq hoʻjalik maydonlarini nazorat qilish va rejalashtirish, hosildorlik holatini masofadan turib kuzatishda zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy taʼminotlardan foydalanishni joriy etish alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida soha rivojida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Matbuot xizmati