“Oʻzbekkosmos” vakillari xalqaro seminarda ishtirok etishdi

Sana: 27.07.2022

Joriy yilning 20-21-iyul kunlari Qozogʻistonning Olmota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sunʼiy Yoʻldosh Markazi (UNOSAT) tomonidan tashkil etilgan “Qurgʻoqchilik boʻyicha axborot tizimini yaratish hamda uni boshqarish” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik vakillari ishtirok etishdi.

Seminarning maqsadlari:

  • Axborot tizimining hozirgi kunda mavjud boʻlgan elementlari, shuningdek Markaziy Osiyoda qurgʻoqchilikni kuzatish va ulardan foydalanish vositalari toʻgʻrisida bilim almashish, shuningdek qurgʻoqchilik, yongʻinlar va boshqa vaziyatlar uchun turli xil yechimlarni bir tizimga birlashtirish misollarini baholash;
  • Davlat amaldorlarining ushbu sohadagi salohiyatini oshirish va milliy darajada qurgʻoqchilikni kuzatish va boshqarish imkoniyatlarini kuchaytirish.

Mazkur seminardan kutilayotgan natijalar:

  • Markaziy Osiyo davlatlaridagi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari, shuningdek, favqulodda vaziyatlar, meteorologiya, ekologiya, yer tuzilishi va kosmik sohadagi davlat tashkilotlarining salohiyatini oshirish;
  • Mintaqaviy va submintaqaviy darajadagi qoʻshma munozaralarda ishtirok yetish uchun maqsadli mamlakatlarda Vazirlikning kengaytirilgan koʻmagi, milliy va submintaqaviy darajalarda qurgʻoqchilikni boshqarishni takomillashtirish boʻyicha dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilishga imkon beradi.

“Oʻzbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati