Sana: 26.08.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 mayda “O‘zbekiston Respublikasining Seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-sonli Farmoni imzolandi.
Unda mamlakatmizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish kabi bir nechta muhim vazifalar belgilangan.
Jumladan, “O‘zbekkosmos” agentligi zimmasiga quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilangan:
Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Agentlik Yaponiyaning “Synspective Inc.” tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi G‘. Mavlonov nomidagi seysmologiya instituti binosida vakolatli vazirlik va idoralar ishtirokida “Seysmik xavfsizlik sohasidagi kosmik tadqiqotlar” mavzusida seminar-trening tashkil etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasiga kosmik tadqiqotlarni keng joriy etilishining samarali jihatlari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, mamlakatimiz hududida joylashgan “Chimqo‘rg‘on” va “Janubiy Surxon” suv omborlarini tajriba sifatida kosmik monitoring qilish orqali aniqlangan dastlabki natijalar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv so‘ngida, anjuman ishtirokchilari seysmik xafsizlik sohasini rivojlantirish borasida har tomonlama o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar va kelgusida “seysmik faol zonalardagi bino va inshootlar joylashgan maydonlarning zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni aniqlash va suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini radiolokatsion kosmik monitoring qilish” borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarini belgilab olishdi.
“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati