Space Technology Conference: Toshkentda mamlakat kosmik sanoati uchun muhim tadbir bo‘lib o‘tadi.

Sana: 03.02.2023

O‘zbekiston kosmik agentligi 25-27 aprel kunlari Toshkentda ikkinchi kosmik texnologiyalarga bag‘ishlangan konferensiyasini o‘tkazadi.

Konferensiya Markaziy Osiyo boʻylab milliy kosmik agentliklar va sohadan manfaatdor tomonlarni birlashtiradi. Butun dunyodan 300dan ortiq delegatlar ishtirok etadi.

“O‘tgan yilgi STC-2022 konferensiyasida olgan tajribamiz kosmik industriyaning salohiyati naqadar katta ekanligini va bu mavzuni yosh avlod o‘rtasida ommalashtirish naqadar muhimligini ko‘rsatdi. Bunday paytlarda sizning harakatlaringiz behuda emasligini tushunasiz. O‘zbekiston mintaqada kosmik industriyani rivojlantirish markaziga aylanishi mumkin, biz xalqaro muloqotlar uchun platforma taqdim eta olamiz, jahon kosmik korporatsiyalari uchun yosh kadrlar zaxirasini yaratishimiz mumkin, bu iqtisodiyotning kelajagi”. – deydi Aerokosmik faoliyat va infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Ibragimov.

Kosmik texnologiyalar konferensiyasi - ikkinchi marotaba ushbu soha vakillari uchun uchrashuv joyi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu yilgi kosmik sanoatga bag'ishlangan an'anaviy konferensiya o‘tgan yili qo‘yilgan mustahkam poydevorga asoslanadi.

Konferensiya veb-sahifasi: https://www.spacetechnologyconference.com/