Atrof muhit muhofazasi faoliyati
Har xil darajadagi alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni holatini kuzatish va baholash uchun sunʼiy yo‘ldosh suratlaridan foydalanish samarali va obyektiv usuldir, bu esa eng qisqa vaqt ichida natijalarga erishish imkonini beradi.
Qo‘riqxonalar va milliy bog‘larda transport vositalaridan foydalanish imkoni yomonligini hisobga olgan holda, aynan masofadan zondlash usullari anʼanaviy kuzatuv usullari uchun imkonsiz bo‘lgan barcha vazifalarni qilish imkonini beradi.
Asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
mavjud bo‘lgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatini monitoring qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza qilish rejimini buzish faktlarini aniqlash – o‘rmonlarni kesish, qurilish hollari, landshaftdagi o‘zgarishlar, axlatxonalar paydo bo‘lishi;
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ichida landshaftlar va yer maydonlarini xaritalash.
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlaridagi qimmatli landshaftlarni nazorat qilish;
mavjud va yaratilayotgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar chegaralarini aniqlashtirish va shakllantirish;
yangi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun landshaftlarni har tomonlama tahlil qilish yoki mavjud chegaralarni kengaytirish.